KAMAZ 43118 shassisidagi vakuum mashina
Obyektlarda ishlar olib borilganda maxsus suyuqliklarni, xavflilik darajasi past tuz eritmali texnik suvni yig‘ish va tashish uchun.
Vazifasi va qo‘llanilishi
Obyektlarda ishlar olib borilganda maxsus suyuqliklarni, xavflilik darajasi past tuz eritmali texnik suvni yig‘ish va tashish uchun.
Технические характеристики
Asosiy shassi KamAZ-43118
Mahsulot nomi Vakuum mashina, KamAZ-43118 shassisi
Vazifasi Obyektlarda ishlar olib borilganda maxsus suyuqliklarni, xavflilik darajasi past tuz eritmali texnik suvni yig‘ish va tashish uchun.
O‘tuvchanligi yuqori KamAZ 43118 (6x6) avtomobil shassisi:
№
t/r Ko‘rsatkich (xususiyat) nomi Texnik ma’lumotlar va parametrlar
KAMAZ-43118
1 2 3
1 Transport vositasi markasi «KAMAZ»
2 Transport vositasi turi Yuk avtomobili
3 Transport vositasining shartli toifasi N3G
4 G‘ildirak formulasi / yetakchi g‘ildiraklar 6x6
7 Avtomobil kabinasidagi o‘tirish joylari soni: 3
8 Avtomobilning to‘la massasi, ko‘pi bilan, kg 21 600
9 Shassining jihozlangan massasi, kg
Ustqurilmali avtomobilning jihozlangan massasi, kg
Ustqurilma massasi, kg 8 845
14 195
5 350
Ruxsat etilgan maksimal yuklama, kg:
10 – old o‘qqa 5 800
– ikkinchi o‘qqa
– uchinchi o‘qqa 7 900
7 900
11 Dvigatel «740.30-260 Euro-2» turbo puflashli dizel,
– chiqindi gazlardagi zararli moddalar miqdori bo‘yicha ekologik klass darajasi Yevro 3
12 100 km ga nazorat yoqilg‘i sarfi, l 30
13 Ilashish muftasi Model 142. Ilashish muftasi friksion, quruq, ikki diskli, prujinalari periferiyada joylashgan; yuritmasi gidravlik, pnevmokuchaytirgichli.
14 Uzatmalar qutisi:
Turi Mexanik
Modeli 154
Tezliklar soni 10
15 Tormoz tizimi Pnevmatik yuritmali.
16 G‘ildiraklar Diskli. To‘g‘in o‘lchami 12,2-20,9 (310-533). Shinalar — pnevmatik, bosimi rostlanadigan.
17 Yoqilg‘i baki:
soni, dona 2
sig‘imi, l 210+350 (avtomobilning o‘ng tomonida)
Mashinaning asosiy parametrlari
Ustqurilma tavsifi
Mashina transport bazasi — to‘liq yuritmali KamAZ-43118 avtomobil shassisi va shassiga o‘rnatilgan vakuum tizimli avtosisternadan iborat.
Ustqurilmali mashinaning gabarit o‘lchamlari: U=9 265 mm, K=2500 mm, B=3740 mm.
Qurilma atrof-muhit havosi harorati -20°C dan +60°C gacha bo‘lgan sharoitda hamda nisbiy namligi 90% gacha bo‘lgan iqlim zonalarida foydalanish uchun iqlimiy ijroda tayyorlangan. Qurilma umumiy foydalanishdagi yo‘llarda ham, kon ichidagi tuproq yo‘llarda ham harakatlana oladi.
Vakuum avtosisterna tarkibiga quyidagilar kiradi:
sisterna;
gidravlik yuritmali vakuum tizimi;
elektr jihozlari.
Sisterna Hajmi 10m3 bo‘lgan, qalinligi 5 mm po‘lat listdan tayyorlangan, bikrlik qovurg‘alari bilan kuchaytirilgan idish. Gidroko‘targich va 2 ta to‘lqin qaytargich, bo‘g‘izga xizmat ko‘rsatish maydonchasiga chiqish narvoni o‘rnatilgan. Maydoncha sirpanishga qarshi xususiyatli teshikli ruxlangan listdan, yig‘ma tutqichlar bilan. Sisterna materiali: zanglamaydigan po‘lat AISI321L.
Gidravlik yuritmali vakuum tizimi Tarkibi: asos, vakuum nasos, oraliq bachok, so‘ndirgich, 4 yo‘lli kran va quvurlar.
Jurop PN106D parrakli vakuum nasosi
Quvvati: 11,2 kVt
Unumdorligi: 540 m3/soat (900 l/daq)
Rotorning aylanish chastotasi: 1300 ayl/daq (reduktorsiz)
Ish bosimi, ko‘pi bilan: 1,5 bar (0,15 MPa)
Massasi: 115 kg
360 m3/soat, sisternani to‘ldirish vaqti 10 daqiqa
Ustqurilma O‘zbekiston Respublikasi Texnik reglamentiga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 237-son, 25.04.2017 yildagi «Muomalaga chiqariladigan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida»gi qarori) muvofiq; tayyor mahsulotni O‘zbekiston sertifikatlashtirish organlarida sertifikatlash uchun zarur: tovarning muvofiqlik sertifikati, tovarning kelib chiqish sertifikati.
Ustqurilmaga kafolat 12 oy yoki 50 000 km yurish — qaysi biri
oldin kelishiga qarab.
Ishlab chiqarilgan mamlakat O‘zbekiston Respublikasi
Ishlab chiqaruvchi zavod «USASIA JOINT DISTRIBUTIONS» MChJ, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh.
Mahsulot Yangi tovar, O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy hujjatlari va standartlariga muvofiq ishlab chiqariladi.

