ISHLAB CHIQARISH HAQIDA
Bozorda "Promavto.uz" nomi bilan faoliyat yuritayotgan "USASIA JOINT DISTRIBUTIONS" MCHJ kompaniyamiz avtomobilsozlik va maxsus texnika sohasida yangi konstruktorlik-texnologik yechimlarni ishlab chiqish, shuningdek, amaldagilarini modernizatsiya qilish va takomillashtirish, keyinchalik ularni o‘z ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining maxsus harbiy avtomobili

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashabbusi bilan Isuzu pikapini modernizatsiya qilish sxemasi ishlab chiqildi, uning maqsadi maxsus tayyorlangan kupeda kinologiya xizmatining ishlashi uchun sharoitlarni birlashtirish, shuningdek, sapyor uskunalarini joylashtirishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi uchun maxsus harbiy texnika

Chegara qo‘shinlari shaxsiy tarkibini tashish va dam olish mashinasi
Smena boshlig‘i kabineti va chegara qo‘shinlari oshxonasi uchun mashina
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi buyurtmasiga binoan, ma’muriy-buyruq berish punkti vazifalarini bajarish va uzoq chegara sharoitlarida xizmatni qulay o‘tash maqsadida KamAZ-43118 shassisida turli xil konfiguratsiyaga ega bo‘lgan bir qator maxsus harbiy texnikalar ishlab chiqildi va tayyorlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uchun maxsus harbiy texnika

Turli maqsadlarga mo‘ljallangan mobil laboratoriya
Mobil ta’mirlash-tiklash vositasi
Transport va quvvatlash bloki
Mobil geoaxborot ta’minoti kompleksi
O‘zR Mudofaa vazirligi buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqilgan va tayyorlangan texnikaning nostandart ijrosi, quyidagilarga imkon beradi:
- dala va statsionar sharoitlarda virusologik va bakteriologik tadqiqotlar o‘tkazish;
- dala sharoitlarida mudofaa avtoparkini ta’mirlash va evakuatsiya qilish;
- zenit-raketa kompleksi uchun yirik gabaritli o‘q-dorilarni tashish;
- boshqaruvning tezkor-taktik va taktik bo‘g‘inlarida qo‘shinlarni topogeodezik ta’minlash, boshqaruv organlarini geoaxborot bilan qo‘llab-quvvatlash, uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) negizida joyning tezkor monitoringi kompleksini (JOTK) qo‘llagan holda berilgan hududlarda joy va vaziyat monitoringini yuritish bo‘yicha vazifalarni tezkor avtomatlashtirilgan tarzda hal etish.
Izotermik va refrijeratorli furgonlar

Izotermik furgon
Refrijeratorli furgon
Izotermik furgon
Ushbu turdagi texnikaga bo‘lgan talabning ortib borishi bizni mahalliylashtirish darajasi yuqori bo‘lgan seriyali ishlab chiqarishni tashkil etishga, shu jumladan, ichki bozorda mutlaq raqobatbardosh ustunlikka ega bo‘lishimizga imkon bergan sifatliroq EPPS to‘ldiruvchisi (XPS) bo‘lgan izotermik panellarni o‘zimizda ishlab chiqarishni yaratishga ilhomlantirdi. Yaqin kelajakda eksportga chiqish rejalashtirilgan.
Refrijeratorli furgon
Avtomobil izotermik panellarini ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi, shuningdek, Yevropaning ilg‘or ishlab chiqaruvchilarining sovutish uskunalaridan foydalangan holda refrijerator furgonlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini berdi.
Maxsus transport texnikasi

Chiqindilarni tashish mashinasi (musorovoz)
Universal yuk ko‘taruvchi manipulyator (universal KMU)
Yong‘in o‘chirish avtomobili
Teleskopik ko‘tarma maydonchasi (teleskopik vyshka)
Xalqaro uskuna ishlab chiqaruvchilari va yetkazib beruvchilarning yo‘lga qo‘yilgan tarmog‘i hamda tajribali ishlab chiqarish-texnik mutaxassislar jamoasi bizga noodatiy (standart bo‘lmagan) turdagi texnikani ishlab chiqarishda eng samarali va optimal yechimlarga erishish imkonini beradi.
Avtotsisternalar

Suv tashuvchi maxsus mashina (vodovoz)
Yo‘l yuvish-polivomoyka mashinasi
Kombi yo‘l xizmati mashinasi
Assenizatsiya mashinasi
Yonilg‘i tashuvchi avtomobil (benzovoz)
Sut tashuvchi maxsus tsisterna
Mutaxassislarimiz ISUZU yuk avtomobillari uchun mo‘ljallangan ellips shaklidagi tsisterna va gidrofiikatsiya tizimining optimal konstruksiyasini ishlab chiqdilar, bu esa texnikaning xavfsizligi, sig‘imi va foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirishga imkon berdi.
Texnikani qo‘shimcha jihozlar bilan to‘liq komplektlash imkoniyati tsisternani faqat suyuq yuklarni tashish uchun emas, balki yo‘l-kommuna xizmatlari ehtiyojlari uchun ham keng qo‘llash imkonini beradi.
Agressiv moddalarga chidamli zanglamas po‘latdan foydalanilganda tsisternalar oziq-ovqat sanoatida yoki agressiv suyuqliklarni tashishda ham qo‘llanilishi mumkin.

